1

"Chinozlik ahmadboy"ning andijonlik “izdoshi” jazoga tortildi

Jinoyat 03.07.2018, 12:52
"Chinozlik ahmadboy"ning andijonlik “izdoshi” jazoga tortildi

Ikki yil avval butun mamlakat bo`ylab tilga tushgan “Ahmadboy mashmashasi” hali-hamon o`z dolzarbligini yo`qotmay turib, yana bir bor xuddi shunday holat Andijonda kuzatildi.

Joriyyil 10 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha Bo`z tuman sudi Guyoxon Umaralieva, Bahodir Sattarov, Alisher Hamidov, Gulbahor Ismoilova, Zafarbek Tolibjonov ustidan o`z hukmini o`qidi.

Aniqlanishicha, 1969 yilda Andijonning Qo`rg`ontepasida tug`ilgan Go`yoxon Umaralieva 2014 yilda “Gold Star Capital Lombard” MChJni tashkil etib, uni boshqarib kelgan.Ma`lumki, lombard mijozlardan qimmatbahobuyumlarni garovga olib, muayyan foiz evaziga qarz berish bilan shug`ullanadi. Aholidan dividend to`lash va`dasi bilan omonatlarni qabul qilib olish lombardlar faoliyatiga kirmaydi.

Ammo ko`proq daromad qilish, mo`may foyda ko`rish ilinji G. Umaralievaga tinchlik bermay qo`ydi. U o`g`li Z. Tolibjonov, qizi G. Is­moi­lo­va, tanishlari B. Sattarov, A. Ha­­midov, bilan til biriktirib, odamlardan yillik 36-72% foizlik ustama to`lash va`dasi bilan omonatlarni qabul qilishni boshlaydi.

G. Umaralieva o`sha paytdayoq “ho­tam­toyligi” va “katta daromad”­ va`dasi bilan dong taratgan Ahmad­boydan ibrat olganmi, yo undan ham avval jahon miqyosida dong chiqargan Mavrodi, Meydoff singari “piri murshid”lar izidan bordimi, harqalay qisqa fursatda o`nlab insonlarning ishonchiga kirdi. Foiz umidida ko`plab hamyurtlarimiz yiqqan-terganlarini qo`sh-qo`llab “Gold Star Capital Lombard”ga keltirib bera boshlashdi.

Bunday “moliyaviy ehromlar” bir kunmas bir kun, albatta, qulaydi. Biz hikoya qilayotgan voqealar jarayo­ni ham avvalgilarga o`xshab ketadi. Boshida pul topshirganlar “bir nimalik” bo`lib qoladi. Keyingilar esa foyda tugul o`z pullarini ham ololmay, ku­yib qolaverishadi.

G. Umaralieva 2014-2016 yillar mobaynida jami 105 kishini chuv tushirib, yuqori foizli ustamalar va`dasida sodda odamlarning millionlab miqdordagi pullarini o`zlashtirgan. Bu pullarning bir qismiga yaqinlari nomiga turli hududlardan ko`chmas mulklar sotib olgan. U o`z sheriklari bilan birgalikda o`zi boshqarib turgan jamiyat balansidagi avtomashinalarni naqd pulga sotib, bu borada ham huquqbuzarliklarga yo`l qo`ygan.

Sud hukmi bilan jinoiy guruh rahbari G. Umaralieva olti yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Uning sheriklariga ham tegishli tartibda qonunda belgilangan choralar ko`rildi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov-surishtiruv jarayonida “Gold Star Capital Lombard” MChJ balansidan undirilgan 114.691.404 so`m hisobidan jabr­lanuvchilarga etkazilgan zararlar qisman bo`lsa-da qoplandi. Fuqarolarning qarz evaziga lombardga topshirgan tilla taqinchoqlari ham qaytarib berildi. Shuningdek, G. Umaralieva jinoiy daromadlar hisobidan yaqinlari nomiga sotib olgan ko`chmas mulk­lar savdoga qo`yilib, sotilganidan tushgan pullarni jabr­lanuvchilarga etkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratish belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1