AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko`p xonadonli uylarda uy daftarlari qayta joriy etiladi

'Toshkentdagi ko`p xonadonli uylarda uy daftarlari qayta joriy etiladi'ning rasmi

Toshkentda ko`p xonadonli uylarda yashovchilar uchun avval bekor qilingan uy daftarlari yana joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

IIBB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan tavsiyaviy tartibda har bir xonadonga tegishli bo`ladigan №4 va №5 formadagi ro`yxat kartochkalari eski tizim bo`yicha uy daftarlariga almashtirilyapti.

Mutaxassislar fikricha, ulardan ro`yxatga kiritish (propiska) va ro`yxatdan chiqarish bilan bog`liq masalalarni echishda hamda gaz, elektr, suv va issiqlik ta`minoti xizmatlariga, shuningdek, notarial organlariga hujjatlarni taqdim etishda foydalanish qulay bo`ladi.

Uy daftariga xonadonda yashovchilar haqidagi barcha ma`lumotlar kiritiladi.

Toshkentliklar uy daftarini kitob yoki gazeta mahsulotlari sotiladigan chakana savdo do`konlaridan olishi mumkin.

U xonadon egasida saqlanadi, bu tavsiyadan foydalanish-foydalanmaslikni uning o`zi hal qiladi.

    Boshqa yangiliklar