1

Shahrisabzda «Kamaz» va Nexia to`qnashdi. 2 kishi halok bo`ldi

Jinoyat 04.07.2018, 12:02
Shahrisabzda «Kamaz» va Nexia to`qnashdi. 2 kishi halok bo`ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 2 iyul kuni 2 kishining o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yakkabog` tumanida yashovchi Sh.N. «Kamaz-55102» rusumli yuk mashinasini shahar hududidan o`tuvchi «Termiz—Toshkent» yo`lining 1173-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan Qamashi tumanida yashagan S.F. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to`qnashuv sodir etdi.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi S.F. va uning yo`lovchisi S.P. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgandi. Biroq ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ular hayotdan ko`z yumdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1