Toshkent shahar hokimligi axborot-xizmati xabariga ko`ra bir kunda Toshkent shahriga viloyatlarimizdan 4 mingdan ortiq avtoulovlar kirib keladi hamda chiqadi. Poytaxtga eng ko`p transport qatnovi Rohat aylanma yo`li orqali amalga oshirilishi kuzatilgan.
E`tibor bergan bo`lsangiz ushbu aylanma yo`lda ko`plab tirbadliklar yuzaga kelar edi. Qolaversa orangizda ushbu tirbandliklar ishtirokchilari bo`lishi tabiiy. Buning asosiy sababi esa yo`lning 3 yo`lakdan iborat bo`lganligi va poytaxtimizga tashrif buyuruvchilar hamda mehmonlarning soni yildan yilga oshib borayotganligidadir.

Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan ushbu tirbadliklarni bartaraf etish choralari ko`rilib keng ko`lamdagi qurilish, ta`mirlash, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu ishlar natijasida Rohat chorrahasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar 3 kun ichida bartaraf etilib 5 yo`lakli aylanma yo`l zamonaviy chorraxa qiyofasiga keltiriladi.

Albatta amalga oshirilayotgan ushbu qurilish ishlari avvalgilarining davomi sifatida yo`llarning 5 yo`lakli aylanma yo`liga aylanishi, poytaxtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarga o`zgacha sovg`a bo`ladi.

Zamonaviy shaharsozlik, yo`l qurilishi va yuqori sifatli texnologiyalar asosida barpo etilayotgan Rohat chorraxasida ish jarayoni qizg`in tarzda olib borilmoqda. Yo`l chetidagi beton to`siqlar yangi zamon talablari darajasidagiga o`zgartirilmoqda.







