AsosiyJamiyat

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o`rinbosari tayinlandi

'“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o`rinbosari tayinlandi'ning rasmi

Doniyor Otajonov “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda mazkur markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi o`rinbosarni tayinlash tadbirida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari Olimjon Umarov, “Elektron hukumat” markazi direktori Zafar Rahmatullaev va boshqalar ishtirok etdi.

Doniyor Otajonov shu kunga qadar Axborot texnologiyari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar