AsosiyJamiyat

Katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan 30 kishilik to`ydan eksklyuziv foto

'Katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan 30 kishilik to`ydan eksklyuziv foto'ning rasmi

Avvalroq poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Tepaguzar” mahallasida yashovchi yigit 30 kishilik to`y o`tkazgani haqida xabar qilgan edik. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda ko`pgina shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Hattoki, bunaqangi ixcham to`yning bo`lib o`tganiga shubha bilan qaraganlar ham topildi.

UZ24 nashri mazkur mahalla raisi hamda to`y o`tkazgan yigit, uning oilasi bilan bog`landi.

alt
Ma`lum bo`lishicha, kuyov Nurmatov Murod kam ta`minlangan oiladan. U to`yxonalarni bezash ishlari bilan shug`ullanadi. Uylanishga qaror qilgan yigit to`yini qanday o`tqazish bo`yicha mahalla faollari bilan maslahatlashib, kelin andijonlik bo`lgani sababli kamxarj bo`lishi uchun faqat qiz tomonda to`y qilishga kelishadi. Shu bilan Andijon shahrining “Orzu” to`yxonasida 30 kishi ishtirokida ortiqcha isrofgarchiliklarsiz, ixchamgina nikoh to`yi bo`lib o`tadi.
alt

Olmazor tumani “Tepaguzar” mahalla raisining so`zlariga ko`ra, ayni paytda mahalla faollari va tadbirkorlari bilan birgalikda yosh oilaga kredit evaziga uy olib berish uchun harakatlar boshlangan. Uyning boshlang`ich badali to`lab berilib, sentyabr oyigacha ularni yangi uyga ko`chirish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar