Navoiy shahrida olib borilayotgan ko`p qavatli uylar qurilish ob`ektining birida 2 iyul kuni yosh yigit baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda “Navoitoday.uz” xabar bermoqda. Aniqlanishicha, Navbahor tumanida istiqomat qilgan fuqaro qurilish ob`ektida payvandchi sifatida faoliyat olib borgan.
Ish jarayonida ehtiyotsizlik tufayli 380 Voltli elektr toki urishidan jabrlangan yigit voqea joyida halok bo`lgan. Tibbiy tekshiruvlar uning ichki a`zolari, xususan, o`pka va yurak organlari jiddiy shikastlanganini ko`rsatdi.
Marhum qarindoshlarining aytishicha, uning turmush o`rtog`i shu kunlarda ko`zi yorish arafasida bo`lib, halokatdan bexabar kelin hodisa sodir bo`lgan kuni tug`ruqxonaga olib borilgan, deyiladi xabarda.






