Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti maxsus sirtqi bo`limiga 2018-2019 o`quv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maxsus sirtqi bo`limga respublikamizda faoliyat yuritayotgan, kamida besh yillik stajga ega bo`lgan imom-xatiblar, madrasa mudarrislari va Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlaridan iborat jami 144 nafar abiturient hujjat topshirgan. Shundan 120 nafari aqoid, fiqh va arab tili fanlari bo`yicha imtihonlar asosida qabul qilinadi.

Imtihon natijalari 7 iyul kuni e`lon qilinadi.