Davlat test markazi Telegram tarmog`ida DTM nomidan tarqatilayotgan turli xabarlarga izoh berdi, deya xabar berdi Sputnik.
DTM vakilining so`zlariga ko`ra, Telegram'da markaz nomidan turli xabarlarni tarqatayotgan botlar soni ko`payib ketgan. Ularda qaysidir oliygohda imtihon olish ishlari iyul oyida o`tkazilishi haqida xabar tarqatib, xabar tagiga DMT telefon raqamini yozib qo`yish holatlari kuzatilmoqda. Ayni vaqtda qonunbuzarlarni sudga berish choralari ko`rilmoqda.
2018-2019 o`quv yili uchun kirish imtihonlari joriy yil avgust oyida o`tkaziladi. Iyul oyida oliy o`quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirilmaydi, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, oliy o`quv yurtlariga kirish imtihonlari 1 avgust sanasidan 15 avgust sanasiga qadar o`tkaziladi. DTM qog`ozlari esa 29-30 iyul kunlari tarqatiladi.






