Kecha Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi a`zosi, jamoatchilik xavfsizligi vaziri Chjao Kechji O`zbekiston ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov bilan muzokaralar o`tkazdi. Bu haqida "Xalq so`zi" xabar berdi.
Chjao Kechji XXR raisi Si Szinpin va O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevning strategik rahbarligi ostida Xitoy-O`zbekiston o`rtasidagi har tomonlama stratgeik sheriklik munosabatlari uzluksiz chuqurlashayotgani va rivojlanayotganini ta`kidladi. U tomonlar ikki mamlakat etakchilari kelishuvlarini izchil amalga oshirishi, “Bir makon, bir yo`l” tashabbusi doirasida xavfsizlikni ta`minlash sohasida hamkorlik mexanizmlari mustahkamlashda davom etishi, “uch yovuz kuch”, transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni kuchaytirishi, birgalikda yuksalish va rivojlanish uchun xavfsiz va barqaror muhit yaratishiga umid bildirdi.
Po`lat Bobojonov huquqni qo`llash va xavfsizlik, shuningdek, real harakatlar asosida O`zbekiston va Xitoy xavfsizligi hamda barqarorligini muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kuchaytirish muhim yo`nalish ekanligini ta`kidladi.






