AsosiyJamiyat

Boysundagi mudhish YTH oqibatida 7 kishi halok bo`ldi

'Boysundagi mudhish YTH oqibatida 7 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida kecha, 5 iyul kuni M.Q. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini Darband-Boysun-Sho`rchi-Elbayon yo`lining 55-km.da haydab ketayotib qarama-qarshi tarafga chiqib ketgan.

Oqibatda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Y.A. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan. Natijada ikkala avtomashinaning haydovchilari va 1 nafar yo`lovchi Sh.X. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Avtomashinalardagi qolgan 7 nafar yo`lovchi jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar