1

Kattaqo`rg`onda ayolni tahqirlagan ichki ishlar organi xodimi qamoqqa olindi

Jinoyat 07.07.2018, 10:24
Kattaqo`rg`onda  ayolni tahqirlagan ichki ishlar organi xodimi  qamoqqa olindi

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida gumonlanuvchi ayolni tahqirlagan ichki ishlar organi xodimi kapitan San`at Umarov qamoqqa olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar beradi.

«Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan San`at Umarov (1988 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug`ilgan, millati o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan Samarqand viloyat prokuraturasining «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash to`g`risidagi iltimosnomasi ko`rib chiqildi va qanotlantirildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 6 iyuldagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchi San`at Umarovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi», - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1