1

Giyohvandlar jazoga tortildi

Jinoyat 07.07.2018, 12:19
Giyohvandlar jazoga tortildi

Jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tumani sudi va tuman Ma`muriy sudi tomonidan «Davlatobod» mahalla fuqarolar yig`ini aholisi bilan «Mening mahallam – mening sudyam» shiori ostida ochiq muloqot o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbir doirasida tashkil etilgan sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan ikki nafar ayblanuvchiga tegishli jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Ayblov xulosasiga ko`ra, ular joriy yil 5 fevral kuni giyohvandlik vositasini tayyorlab, iste`mol qilayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Sud majlisida bu ikki shaxs qilmishidan pushaymon holatda barcha aybiga iqror bo`ldi. Ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.

Shuningdek, sayyor sud majlisida Uchtepa tuman Ma`muriy sudi tomonidan bir qator fuqarolarni ma`muriy javobgarlikka tortishga doir materiallar ko`rib chiqildi.

– Bu kabi sayyor sud majlislarida jinoyat sodir etgan shaxsning qilmishi qanday oqibatga olib kelishi fuqarolarga ko`rsatilmoqda, – dedi Uchtepa tuman sudi sudyasi B.Sultonov. – Aholi bilan muloqotlarda atrofda bo`layotgan voqealarga loqayd qaramaslik zarurligi tushuntirilmoqda. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilikning o`rni muhim ahamiyatga ega ekani ta`kidlanib, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1