AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor otlar ishtirokida ommaviy sport sayli tashkil etildi

'O`zbekistonda ilk bor otlar ishtirokida ommaviy sport sayli tashkil etildi'ning rasmi

7 iyul kuni Toshkent shahri markazida otlar ishtirokida ajoyib tadbir bo`lib o`tdi. Toshkent shahri aholisi va mehmonlar otlar ishtirokidagi unutilmas tomoshaga guvoh bo`lishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

Ot sporti bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari, O`zbekiston davlat xavfsizlik xizmati chegara qo`shini, Ichki ishlar qoshidagi patrul-post va qo`riqlash xizmati, Milliy gvardiyaning faxriy qorovullari ishtirokida o`tkazilgan ushbu tadbir yig`ilganlarda ajoyib taassurot qoldirdi.


Ma`lumot uchun, bunday bayramona namoyishlar dunyo bo`ylab ko`p o`tkazilib turiladi. Ammo, Milliy olimpiya qo`mitasi tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu tadbir O`zbekiston tarixida ilk marotaba o`tkazildi. Bunday chiqishlar orqali mamlakatimiz aholisini ot sportiga qiziqtirish maqsad qilib qo`yilgan.



Unda 80ga yaqin turli nasldagi otlar qatnashdi. Bu ko`rsatkich dunyo bo`yicha hayvonlar ishtirokidagi tadbirlar uchun yirik hisoblanadi. Ayni paytda jahon rekordi Birlashgan Arab Amirliklariga tegishli. U erda o`tkazilgan tadbirda 116ta ot ishtirok etgan.





    Boshqa yangiliklar