Yaponiyada kuchli yog`ingarchilik natijasida yuzaga kelgan ko`chki va o`pirishlar oqibatida qurbon bo`lganlar soni 70 gafarga etdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Yana 60 kishi bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. Yaponiyalik qutqaruvchilar qidiruv va qutqaruv ishlarini olib borishmoqda. Mamlakatning janubi-g`arbiy qismida joylashgan Xonsyu, Exime prefekturasida va Sikoku orolidagi vaziyat og`ir, deb baholanmoqda.
Juma kuni boshlangan yog`ingarchilik ikki sutka davomida tinmadi, ba`zi bir tumanlarda suv sathi uylarning ikkinchi qavatiga qadar ko`tarilgan, odamlar jon saqlash uchun tomlarning ustiga chiqib, yordam so`rashmoqda. Tabiiy ofat oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish uchun Yaponiya hukumati tezkor hukumat shtabini tashkil etishdi.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tezkor ravishda o`tkazilgan hukumat yig`ilishida hozir ularning vazifasi faqatgina odamlarni qutqarish ekanligini ta`kidladi.






