AsosiyDunyo

Avstraliyalik erkak adashib, 25 ming dollarni begona odamga o`tkazdi

'Avstraliyalik erkak adashib, 25 ming dollarni begona odamga o`tkazdi'ning rasmi

Avstraliyalik erkak hisobni to`layotganda xatolikka yo`l qo`yib, tasodifan ming dollarni boshqa bankning mijozi bo`lgan begona odamning hisobiga o`tkazib yubordi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Whole Landscapes nomli kichkina oilaviy kompaniya qurilish ishlari boshlanishidan oldin er uchastkasini tozalash bo`yicha buyurtma oldi. Kompaniya o`z vazifasini bajarib bo`lganidan keyin buyurtmachiga o`z hisob raqamini yubordi. Buyurtmachi unga 25 ming avstraliya dollarini to`lashga va`da berdi. Biroq kompaniya kelishilgan pulni olmadi.

Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, buyurtmachi va`da qilingan pullarni o`tkazayotganda olti xonali BSB kodini terayotganda bitta raqamga adashgan. Natijada hisob boshqa bankning mijoziga o`tkazilgan.

“Hammasiga semiz va qo`pol barmoqlarim aybdor”, dedi buyurtmachi. U bankka murojaat qildi, biroq bank xodimlari pulni qabul qilgan odamning roziligisiz hech qanday yordam berolmasliklarini ma`lum qilishdi. Pulni olgan odam esa qo`ng`iroqlarga javob bermadi.

Mazkur voqeaga televideniening yangiliklar ko`rsatuvi aralashgandan keyin bank buyurtmachiga tegishli mablag`ning ma`lum bir qismini qaytardi.

    Boshqa yangiliklar