1

Nazoratsiz qolgan lisey o`quvchisi o`g`irlikka qo`l urdi

Jinoyat 09.07.2018, 11:49
Nazoratsiz qolgan lisey o`quvchisi o`g`irlikka qo`l urdi

Namangan shahrida 7 iyul kuni noma`lum shaxs 3-mikrorayon hududida joylashgan “Kamolot” yoshlar bog`ida, shu mikrorayonda yashovchi Z.Sh. ismli ayolni qo`lidan ichida pullari, “Samsung” mobil telefoni va kalitlari bo`lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, Namangan muhandislik pedagogika instituti qoshidagi akademik liseyi 1-kurs o`quvchisi F.Z. sodir etganligi aniqlangan. Ko`rilgan choralar natijasida u qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1