AsosiyJamiyat

YTH oqibatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hayotdan ko`z yumdi

'YTH oqibatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursunov Sobit Axmadovich Sirdaryo viloyatida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko`z yumdi.

Fojia u suv tanqisligi bo`yicha muammolarni o`rganish maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan ketayotgan paytda yuz bergan.

Tursunov Sobit Axmadovich 1973 yil 10 iyul kuni Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tavallud topgan edi. U 1994 yilda Samarqand qishloq xo`jalik institutini, 2012 yili O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Tahririyatimiz marhumning oila a`zolari, yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.

    Boshqa yangiliklar