1

«Malika» savdo majmuasida pichoqbozlik ro`y berdi (video)

Jinoyat 10.07.2018, 09:47
«Malika» savdo majmuasida pichoqbozlik ro`y berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda 8 iyul kuni Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasida pichoqbozlik ro`y bergani haqida internetda video tarqaldi.

Ushbu voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot multimedia markazi axborot berdi:

"Kecha, 8 iyul kuni, soat taxminan 17:30 da Shayxontohur tumani «Malika» savdo majmuasi hududida sotuvchi, 1988 yilda tug`ilgan N.A. hamda xaridor, 1989 yilda tavallud topgan A.Sh. o`rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Natijada muqaddam sudlangan A.Sh. sotuvchining ko`krak qismiga tan jarohati etkazadi va o`zining Nexia avtomashinasida voqea joyidan qochib ketdi. Jarohat olgan sotuvchiga Yunusobod tumanidagi 7-shahar klinik shifoxonasida tibbiy yordam ko`rsatildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Tezkor-surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchining shaxsi va boshqaruvida bo`lgan avtomobil davlat raqami aniqlandi. Hozirda gumondor qo`lga olingan.

Ayblanuvchining so`zlariga ko`ra, o`zaro janjal sotuvchi va uning opasi o`rtasida kelib chiqqan. Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1