1

O`zbekistonlik xotin-qizlarning ixtirolari halqaro ko`rgazmada yuqori baholandi

Jamiyat 10.07.2018, 16:25
O`zbekistonlik xotin-qizlarning ixtirolari halqaro ko`rgazmada yuqori baholandi

Janubiy Koreyada XI Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko`rgazmasi (KIWIE 2018) bo`lib o`tdi. Koreya ixtirochi ayollari assosiasiyasi (KWIA), Koreya intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda jahonning 30 dan ziyod davlatdan 518 nafar ixtirochi xotin-qiz qatnashdi.

Ko`rgazmada o`zbekistonlik ixtirochi ayollardan professor Karima Norqulovaning “Bolg`achali tegirmon” nomli foydali modeliga patenti oziq-ovqat sanoati yo`nalishi bo`yicha “Grand Prize”ni qo`lga kiritdi. Shuningdek, K. Norqulovaning “Quritish qurilmasi” ixtirosiga patenti oltin, “Tugunaklarni quritish usuli” ixtirosiga patenti kumush medalga munosib ko`rildi.

Doktor PhD Malohat Ilhomovaning “Bolalar poyabzali uchun profilaktik ich patak” nomli foydali modeliga hamda “Elektr o`tkazuvchan poyabzal” ixtirosiga patenti kumush, “Qiz bolalar uchun tufli” sanoat namunasiga patenti esa bronza medalni, professor Paraxat Matyakubovaning “Sochiluvchan moddalarning issiqlik nam o`lchagichi” ixtirosiga patenti kumush medalga loyiq ko`rildi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi Innovasiya va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`limi boshlig`i, professor K. T. Norqulova mamlakatimizda xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar, ixtirochi xotin-qizlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida xalqaro ko`rgazma va forum ishtirokchilari oldida ma`ruza qildi.

Ko`rgazma doirasida xalqaro forum o`tkazib, intellektual mulk sohasidagi lider ayollar akademiyasi o`quv kurslari tashkil qilindi. O`zbekiston delegasiyasi a`zolari mazkur o`quv kurslarida ishtirok etib, ixtirolarni amaliyotga joriy qilish va tijoratini yo`lga qo`yish bo`yicha o`z malakalarini oshirib, sertifikatlarga ega bo`lishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1