O`zbekiston har yili minglab turistlarni jalb qiladi, biroq bu raqamlar mamlakatning turistik salohiyatini to`liq oshkor qilmaydi.
Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani jadal rivojlantirish uchun hal qiluvchi islohotlar amalga oshirilmoqda. Yilning birinchi yarmida yakuniy natijalarni sarhisob qiladigan bo`lsak, amalga oshirilgan harakatlar ijobiy samara berganini ishonch bilan aytishimiz mumkin. Shunday qilib, mamlakatga kirayotgan xorijiy fuqarolarning umumiy soni 2017 yil bilan taqqoslaganda deyarli ikki barobar oshdi va 2,688,962 ni tashkil etdi (91,6% ga ortdi).
Shuni ta`kidlash joizki, vizasiz rejim joriy etilgan davlatlardan turistlar soni sezilarli darajada oshdi:
Turkiya – 31 966 (+95.6%)
Yaponiya – 6200 (68.1%)
Isroil – 3615 (+86.2%)
Indoneziya – 750 (uch barobardan ko`proq)
Singapur – 424 (2.5 barobardan ko`proq).






