Halq ta`limi vazirligida jamoatchilik va biznes vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, vazir o`rinbosarlari hamda jamoatchilik va biznes vakillari Z.Hoshimov (Korzinka.uz), N.Akilova (Nestle), X.Mamasaidov (Dekos.uz), U.Ishmuhammedov (IDP IELTS), M.Qosimov (Technoplaza) va B.Orifjonovlar (Paynet asoschisi) Xalq ta`limi vazirligi huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish masalasini muhokama qildi.
“Uchrashuv yakunida jamoatchilik kengashi nizomini ishlab chiqishni boshlash va uning faoliyatidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga kelishildi”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik rahbariyati tomonidan respublika xalq ta`limi tizimidagi keng qamrovli vazifalar va yig`ilib qolgan muammolarni bartaraf etishda orttirilgan tajriba asosida samarali ish mexanizmini tashkil qilish lozimligi qayd etildi.






