Kitobsevar yoshlar intiqib kutgan kun ham keldi. Avval xabar berganimizdek bugun “Yosh kitobxon” tanlovning saralash bosqichi ishtirokchilari har bir viloyat va tuman-shaharlarda tashkil etilgan, kerakli jihozlar bilan jihozlangan maxsus xonalarda test sinovlarini topshirish uchun jam bo`lishdi.
Ishtirokchilarga test topshirish qoidalari bo`yicha tushuntirish beriladi. Eslatib o`tamiz, test sinovida yoshlar o`zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga 25 daqiqa vaqt davomida javob berishlari lozim.
Har bir to`g`ri javob uchun 2 balldan belgilanadi. Ishtirokchilar natijalari saqlab qolinadi (elektron ko`rinishda va imzolangan holda qog`ozda). Test natijalariga ko`ra 86 va undan yuqori ball to`plagan ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishadi.
“Yosh kitobxon” tanlovining 3 yosh toifasi bo`yicha saralash bosqichlari shu tartibda ketma-ket uch kunda o`tkaziladi.






