10 iyul kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashagan Yu.A. ismli ayol boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Mustaqillik ko`chasida haydab ketayotib, shu yo`nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan U.G. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, to`qnashuv sodir etib so`ng, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib ag`darilgan.
Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi Yu.A. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan, hamda uning yo`lovchilari 8 va 2 yoshli farzandlari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.






