Aholiga qulaylik yaratish maqsadida umumta`lim maktablari va boshqa ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga etmagan shaxslarning chet elga chiqishiga ruxsat berish tartibi engillashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Agar bungacha voyaga etmaganlarning chet elga chiqishi uchun to`ldiriladigan ariza-anketalarga ular tahsil olayotgan o`quv idoralari tomonidan muhr bosilishidan oldin, Xalq ta`limi shahar-tuman boshqarmalaridan ruxsatnoma olish shart bo`lsa, endilikda ushbu ariza-anketalarning ular tahsil olayotgan ta`lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kifoya qiladi.






