AsosiyJamiyat

13 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'13 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 38-40 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja, cho`l hududlarida 43 darajagacha issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar