AsosiyDunyo

Bryusselda NATO sammiti doirasida turli uchrashuvlar bo`lib o`tdi

'Bryusselda NATO sammiti doirasida turli uchrashuvlar bo`lib o`tdi'ning rasmi

Belgiya poytaxti Bryussel shahrida bo`lib o`tayotgan NATO sammiti doirasida turli uchrashuvlar va ko`plab mavzular muhokamasi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Uchrashuv doirasida bir necha guruhlardan iborat sessiyalar tashkil etilgan. Birinchi sessiya yakunida esa sammit a`zolari Bryussel san`at va tarix muzeyida dabdabali kechki ovqat uchun yig`ilishdi. Ikkinchi sessiya chog`ida esa, AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel mudofaa xarajatlarini oshirish va savdo masalalarini muhokama etishdi.

AQSh rahbari Germaniya bilan savdo aloqalarining kengayishiga umid bildirdi. NATO sammiti Iroqda milliy xavfsizlik kuchlarini o`qitishga ixtisoslashgan noharbiy missiya tuzilishini tasdiqladi. Unga Kanada boshchilik qilishi xabar qilinmoqda. Sammit davomida NATO Rossiyani provokasiyalarda ham ayblashga ulgurdi.

    Boshqa yangiliklar