AsosiyDunyo

Tesla kompaniyasi Xitoyda yangi zavod quradi

'Tesla kompaniyasi Xitoyda yangi zavod quradi'ning rasmi

Amerikaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Xitoyda yangi zavod qurish bo`yicha dastlabki bitimni tuzdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Zavodni qurish muddati va unga kiritiladigan sarmoyalar haqida ma`lumot berilmagan. Biroq yiliga 500 ming avtomobil ishlab chiqarilishi xabar qilinmoqda. Bu shahar tarixidagi eng yirik xorijiy investisaviy loyihaga aylanadi.

Tesla’ning Xitoydagi zavodi AQSh va Xitoy o`rtasidagi savdo urushidan ko`riladigan ziyonni minimallashtirishga imkon beradi. Iyul boshida Xitoy hukumati AQSh avtomobillari importiga bojlarni 40 foizga oshirgan. Shundan keyin Tesla Xitoyda Model S va Model X modellari uchun narxlarni 30 ming dollarga oshirishiga to`g`ri kelgan.

Bundan tashqari, Tesla Xitoyda zavod ochish bilan butlovchi qismlar etkazib beruvchilar bilan shartnomalardan pul tejashi va mijozlarga avtomobillarni etkazib berish narxini kamaytirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar