Bolalarga ruhiy ta`sir o`tkazish ham ota-onalik huquqidan mahrum qilishi mumkin.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish faqat sud tartibida, aniq belgilangan asoslar mavjud bo`lganda, amalga oshiriladi. Bu haqida Adliya vazirligi yana bir bora eslatadi.
Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin:
- ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to`lashdan bo`yin tovlasa;
- uzrsiz sabablarga ko`ra o`z bolasini tug`ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o`xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
- ota-onalik huquqini suiiste`mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo`lsa, jumladan, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta`sir ko`rsatsa;
- muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo`lgan bo`lsa;
- o`z bolalarining hayoti yoki sog`lig`iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog`lig`iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo`lsa.






