AsosiyJamiyat

O`zbekistonda buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi

'O`zbekistonda buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi'ning rasmi

Prezidentning 2018 yil 12 iyulda “O`zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko`rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko`rsatish samaradorligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi va dastur ijrosini monitoring qilish bo`yicha ishchi komissiya tashkil etildi.

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantasiyasi” kafedrasi tashkil etiladi, 2019/2020 o`quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning “nefrologiya” va “bolalar nefrologiyasi” mutaxassisliklari bo`yicha yangi yo`nalishlari ochiladi.

Shuningdek, gemodializ xizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida “O`zbekiston dializ jamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasiga maxsus “Yo`l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi. Unda, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ xizmatlari ko`rsatish tizimini soddalashtirish, ushbu yo`nalishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligiga gemodializga muhtoj bo`lgan bemorlar sonining yillik o`sishini hisobga olgan holda zarur gemodializ uskunalari, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarini o`z vaqtida xarid qilinishi uchun byudjet mablag`lari ajratilishini ta`minlash yuklandi.

    Boshqa yangiliklar