Prezidentimizning joriy yil 12 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko`rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida bu haqda qayd etildi.
Qarorda 2019/2020 o`quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning “nefrologiya” va “bolalar nefrologiyasi” mutaxassisliklari bo`yicha yangi yo`nalishlarini ochish belgilandi.
Bu yangilik, sohaga qaratilayotgan alohida e`tibor, malakali, bilimli, yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlanishi sababli yurtimizdagi nefrologiya va gemodializ yo`nalishidagi kasalliklar bilan og`rigan bemorlarga sifatli xizmat ko`rsatilishiga erishiladi.






