AsosiyJamiyat

Toshkent shahri hokimi tadbirkor va investorlar bilan uchrashuv o`tkazadi

'Toshkent shahri hokimi tadbirkor va investorlar bilan uchrashuv o`tkazadi'ning rasmi

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ma`sul idoralar rahbarlari hamda tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan amaliy ishtirokida amaliy uchrashuv o`tkazadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv 14 iyul kuni 12:00dan 15:00ga qadar poytaxt hokimligi binosida o`tkaziladi.

“Yangicha yondashuvda o`tkazilayotgan ushbu uchrashuvda tadbikorlar va xorijiy investorlar Toshkent shahrini yanada ko`rkam qilish, poytaxtimizda sanoat ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va boshqa barcha sohalarni rivojlantirish bo`yicha o`z loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.

Tadbirkorlardan loyihalarini slayd ko`rinishida taqdim etishlari so`ralmoqda.

Mazkur tadbirning muhim bir natijasi sifatida poytaxtda turar joy binolarini qurishni rejalashtirgan tadbirkorlarga loyihalari tasdiqdan o`tgach, Toshkent shahar hokimiyati Davlat sherikchiligi asosida er uchastkalari ajratadi. Bunda turar joy binolarining qurilishi tugatilgach, davlatga ularni sotishdan tushgan daromaddan foiz to`lanmaydi, balki umumiy xonadonlarning 10-15 foizi hokimlik tasarrufiga o`tkaziladi va ushbu xonadonlar chin etim, nogiron, kam ta`minlangan, boquvchisi yo`q uy-joyga muhtoj aholi qatlamiga taqdim etiladi.

Mazkur uchrashuv yakuni bo`yicha shahar hokimligi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar