Erkinjon Oqbo`taevich Turdimov facebook‘dagi rasmiy sahifasida Surxondaryo xalqi bilan xayrlashdi.
“Men Surxondaryo xalqidan cheksiz minnatdorman, bir yilu etti oy vaqt mobaynida bu voha ahlidan juda ko`p narsani o`rgandim. O`zimni Surxondaryo xalqidan bir umr qarzdor deb hisoblayman. Mana shu davr mobaynida men bilan elkama-elka turib xizmat qilgan barcha-barchaga minnatdorchiligimni bildiraman”, degan hokim.
Erkinjon Turdimov 2016 yil dekabridan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Avval xabar berganimidek, Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi.






