AsosiyJamiyat

O`zMAA Farg`onadagi ko`zi ojiz bolalar kutubxonasiga yordam ko`rsatadi

'O`zMAA Farg`onadagi ko`zi ojiz bolalar kutubxonasiga yordam ko`rsatadi'ning rasmi

2018 yil 12 iyul kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o`rinbosari S.Shukurov Farg`ona shahridagi Matbuot uyida ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona va kitob savdosi bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslar, yuridik shaxslarning vakillarini qiziqtirgan savollar, shuningdek, ularning ayrim muammo va takliflarini o`rganish hamda hal etish uchun sayyor qabul o`tkazdi.

Sayyor qabulda o`nga yaqin masalada murojaatlar ro`yxatga olinib, ularning echimi yuzasidan aniq yo`nalishlar belgilandi, ayrimlari joyida hal qilindi.

Qabul ishtirokchilari hududda bosma ommaviy axborot vositalarini tarqatish sohasidagi muammolar echimi, noshirlik-matbaa mahsulotlarini tayyorlash, ishlab chiqarish, ularning savdosi va qog`oz xomashyo bazasi bilan bog`liq bir qator takliflarni ham bildirishdi.

Xususan, M.Sulaymonovning xususiy sektorga tegishli pochta-tarqatish tashkilotlarining huquqiy mexanizmini bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirish, Sh.Aslonovning viloyat Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan yaratilgan bir necha elektron adabiyotlar – multimedia to`plamlarini tarqatishga oid murojaatlari o`rganib chiqildi.

Tadbirkorlar J.Tojiboevning “Vodiy kitob fabrikasi”ni tashkil qilish bo`yicha innovasion loyiha konsepsiyasini amalga oshirish, D.Abdullaevning kitob savdo do`koni uchun bino ajratish yuzasidan murojaatlari alohida nazoratga olinib, ushbu masalalarni tegishli mutasaddilarni jalb etgan holda, Agentlik tomonidan o`z vakolati doirasida yordam berilishi ta`kidlandi.

Viloyatda huquqiy targ`ibot va profilaktika ishlarini yoritishda faollik ko`rsatayotgan “Qonun va ijro” gazetasining tarqatish hududini kengaytirish maqsadida nashr faoliyatini takomillashtirish bo`yicha A.Malikov murojaati hal qilinadigan bo`ldi.

Fuqaro M.Akbarovaning viloyatdagi ko`zi ojiz bolalar kutubxonasini brayl yozuvidagi kitoblar va elektron adabiyotlar bilan to`ldirishda Agentlik ko`magi zarurligi haqidagi murojaati alohida nazoratga olinib, mas`ullarga tegishli topshiriqlar berilib, echimi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilandi.

    Boshqa yangiliklar