AsosiyJamiyat

Deputat “Katta bog`” mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatni o`rgandi (video)

'Deputat “Katta bog`” mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatni o`rgandi (video)'ning rasmi

Toshkent tumanidagi “Katta bog`” mahallasida 461 ta xonadon mavjud bo`lib, 2 ming 344 nafar aholi istiqomat qiladi. Mana qariyb 10 yildirki aholi o`z hamyonidan harajat qilib, elektr tokidagi nosozliklarni bartaraf etishga harakat qilib kelmoqda. Bir necha yillar davomida tegishli tashkilot vakillaridan sado chiqmagach, mahalla faollari bu masala yuzasidan deputatga murojaat qilishga majbur bo`ldi.

Deputat aholining murojaati yuzasidan joriy yilning aprel oyida tuman elektr tarmoqlari rahbari nomiga deputatlik so`rovini yuborgan. Ammo haligacha na aholi murojaatiga na deputatning so`roviga javob berilmagan. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida deputat Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tashrif buyurdi...

Voqealar rivojini O‘zLiDeP matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan “Deputatning bir kuni” loyihasi doirasida tayyorlangan quyidagi videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.

TAS-IX:

YouTube:

    Boshqa yangiliklar