Meksika poytaxti Mexikoda savdo markazi binosi qulab tushdi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Shahar janubidagi ko`p qavatli savdo markazining bir qismi qulab tushgan bo`lib, hodisa natijasida qurbonlar va yaralanganlar yo`q. Undan chiqqan chang-to`zon esa bir necha km. masofagacha tarqagan. Artz Pedregal deb nomlangan markazda barcha xavfsizlik choralari ko`rilgan. Hodisaning aniq sabablari hozircha noma`lum. Biroq o`tgan yili sentyabrda mamlakatda ro`y bergan kuchli zilzila tufayli binoning ustunlariga shikast etgan edi. Qulash shuning natijasi bo`lishi mumkin.
Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborildi. Ushbu qulash qurbonlarsiz bo`lgani esa baxtli tasodif ekanligi ta`kidlanmoqda. Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Artz Pedregal savdo markazi joriy yilning mart oyida ta`mirdan chiqarilgan edi.






