1

Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Ispaniya hukumatiga topshiriladigan bo`ldi

Dunyo 14.07.2018, 07:58
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Ispaniya hukumatiga topshiriladigan bo`ldi

Germaniya sudi Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonni Ispaniyaga topshiradigan bo`ldi, deb xabar bermoqda Rentv.ru nashri.

Puchdemonning Ispaniyaga topshrilishi xaqidagi qarorni Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn federal sudi qabul qildi. Kataloniya sobiq rahbari davlat mablag`ini suiiste`mol qilish ayblovi bilan Ispaniyaga ekstradisiya qilinadi. Biroq sud Ispaniya tomonidan Puchdemonga qarshi taqdim qilingan uning isyon keltirib chiqarish to`g`risidagi materiallarni ishonchli emas, deb topgan. Eslatib o`tamiz,

Puchdemon 2017 yil 1 oktyabrda Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan chiqishi bo`yicha referendum o`tkazilgandan keyin Ispaniyadan Belgiyaga qochgan. Referendum natijalariga ko`ra, Kataloniya parlamenti mustaqillik haqidagi deklarasiyani qabul qilgan, biroq rasmiy Madrid bunga qarshi bo`lgan. Ispaniya oliy sudi Puchdemonning hibsga olinishiga order bergan va uni safdoshlari bilan birga deputatlik mandatidan mahrum etgan. Puchdemon mart oxirida Germaniyada ushlangan, biroq tez orada 75 ming evro miqdoridagi garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1