1

Afg`onistonda ko`chkilar sodir bo`ldi

Dunyo 14.07.2018, 08:00
Afg`onistonda ko`chkilar sodir bo`ldi

Afg`onistonning Panjsher viloyatida suv toshqini natijasida ko`chkilar sodir bo`ldi. Ushbu holat hududda katta talofatlarni keltirib chiqargan, deya xabar qilmoqda Report nashri.

Panjsher viloyatining shimolidagi qishloqlarda sodir bo`lgan ko`chkilar tufayli 10 kishi qurbon bo`ldi. Shuningdek, tabiiy ofat 300 ta uyni butunlay vayron bo`lishiga olib kelgan. Toshqinlar bir necha qishloqlarda davom etmoqda. Hududga qidiruv-qutqaruv guruhi etib kelgan, ular tirik qolganlarni qutqarish uchun tinimsiz ish olib borishmoqda.

Jarayonga 2 ta vertolyot ham jalb qilingan. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligidan havotirda. Afg`onistonning bir necha hududlarida bahorda qor erishi sabab suv toshqinlari sodir bo`lib turadi. Boshpanasidan ayrilgan odamlar hozircha turar joy bilan ta`minlanmagan. Mamlakat prezidenti Ashraf G`ani Bryuselda bo`lib o`tgan NATO sammiti chog`ida yordam so`rab murojaat qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1