AsosiyJamiyat

"Yosh kitobxon" tanlovi davom etadi: bugun 10-14 yoshlilar bellashadi

'"Yosh kitobxon" tanlovi davom etadi: bugun 10-14 yoshlilar bellashadi'ning rasmi

Bugun “Yosh kitobxon” tanlovi saralash bosqichining uchinchi kuni bo`lib, unda 10-14 yoshlilar o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishadi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi , Xalq ta`limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi, hamda ularning mahalliy va hududiy bo`linmalari, shuningdek OTM prorektorlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari gazeta-jurnallar bosh muharrirlarihamkorlikda tashkil etilgan ushbu tanlovning eng yosh ishtirokchilari uchun ham barcha sharoitlar mujassam etildi.

Saralash bosqichida o`tgan yilgi tanlov g`oliblarining jalb etilishi esa ishtirokchilarda yanada qiziqish uyg`otdi. 2017 yilda ushbu tanlovning Respublika bosqichida 2-o`rin sohibi bo`lgan shovotlik Umidjon Qutlimurodov tengdoshlariga omad tiladi.

    Boshqa yangiliklar