Toshkent metropolitenining A.Navoiy metro bekatidan O`zA fotoreportaj tayyorladi.
Noyob va betakror me`morchilik san`atini o`zida jamlagan Toshkent metropolitenining A.Navoiy metro bekati 1984 yilning 8 dekabr kuni ishga tushirilgan.

Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy bekati dunyodagi eng go`zal metro bekatlari qatorida sanaladi. Bu ro`yxatda Moskva, Neapol, Vashington, Kiev, Gaosyun, Praga, Myunxen, Sankt-Peterburg, Monreal, Stokgolm kabi shaharlarda joylashgan metro bekatlari ham joy olgan.

Alisher Navoiy metrosidagi noyob milliy arxitektura namunalaridan zavqlangan mutaxassislar mazkur bekatni “Insonlar qalbiga o`zgacha go`zallik va tuyg`u olib kiruvchi metro”, deya ta`rif berishgan.

Eslatib o`tamiz, joriy 2018 yilning 1 iyun kunidan Toshkent metropolitenida suratga tushishga va videoga olishga rasman ruxsat berilgan.










