Italiya futbol afsonasi Janluiji Buffon fransuzlarning “PSJ” klubi o`yinchisi sifatida namoyish etildi, deya xabar qilmoqda Sports.ru nashri.
Buffonni kutib olish uchun Park de Prens stadioni yonida minglab muxlislar yig`ildi. Ular Buffonni alangali salom bilan qarshi olib, qo`shiqlar kuylashdi, fayerlar yoqishdi.
Buffon “Yuventus”dagi 17 yillik faoliyatidan so`ng “PSJ” bilan 1+1 tizimidagi shartnoma imzoladi.






