AsosiyJamiyat

19 yoshli o`quvchi bir vaqtda 12 ta xorijiy oliygohga o`qishga kirdi

'19 yoshli o`quvchi bir vaqtda 12 ta xorijiy oliygohga o`qishga kirdi'ning rasmi

Toshkent shahridagi 17-maktab hamda «International house» akademik liseyi o`quvchisi 19 yoshli Diyorbek Jo`raev bir paytning o`zida 12 ta xorijiy oliygohga o`qishga kirgan.

Shundan 9 tasi AQSh va 3 tasi Rossiya Federasiyasidagi oliy ta`lim muassasalari hisoblanadi. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiev o`zining Telegram kanalida ma`lum qildi.

D.Jo`raev AQShdagi quyidagi oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirdi:

1. Minnesota state university, Mankato - USA, Mankato, MN

2. Jacksonville University – USA, Jacksonville, FL

3. Slippery Rock University – USA, Slippery Rock, PA

4. Stetson University – USA, Deland, FL

5. Temple University – USA, Philadelphia, PA

6. University of Arizona – USA, Tucson, AZ

7. University of Bridgeport – USA, Bridgeport, CT

8. Concordia College – USA, Moorhead, MN

9. Florida Institute of Technology – USA, Melbourne, FL

    Boshqa yangiliklar