Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida “Zaporojes” rusumli avtomashina Ravon brendi ostida yangi qiyofada ustaxonadan chiqarildi. Bu haqida kruz.uz saytida xabar qilindi.
Avtomashina egasi yangi ixtiroga “Yagona” deya nom qo`ygan. “Yagona” haqiqatdan ham yagona rusumdagi avtomashinaga aylangan. “Zaporojes”ni yangi qiyofaga keltirish ishlar o`tgan yilda boshlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ushbu ixtiro “Neo Malibu” nomi bilan ham tanilmoqda.
Quyida ushbu yagona avtomashina suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.











