AsosiyJamiyat

15 iyuldan elektron kirish vizalari berish tizimi ishga tushdi

'15 iyuldan elektron kirish vizalari berish tizimi ishga tushdi 'ning rasmi

O`zbekistonda 15 iyul kunidan boshlab xorijiy fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda bo`lish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish boshlanadi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Endilikda xorijiy fuqarolar O`zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoki O`zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart bo`lmaydi.

Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga O`zbekiston hududida bo`lish huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida amal qiladi.

Viza olish uchun murojaat yuborilgan kundan tashqari ikki ish kuni ichida ko`rib chiqiladi.

Taqdim etilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz portaliga qilgan murojaatida ko`rsatilgan elektron manzilga jo`natiladi.

Murojaat O`zbekistonga safar qilish mo`ljallangan kungacha kamida uch ish kuni oldin yo`llanishi lozim.

Murojaatlarni ko`rib chiqish uchun konsullik yig`imi 20 AQSh dollarini tashkil etadi.

Chegarani kesib o`tish vaqtida turist qog`oz yoki elektron ko`rinishdagi elektron vizani ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar