AsosiyJamiyat

Shahrisabzdagi qandolat ishlab chiqarish sexida gaz balloni portladi, ikki ayol jarohat oldi

'Shahrisabzdagi qandolat ishlab chiqarish sexida gaz balloni portladi, ikki ayol jarohat oldi'ning rasmi

Shu yilning 15 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Chilonzor ko`chasida joylashgan «Kesh-Kristal» xususiy korxonasiga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi suyultirilgan gaz balloni jo`mragi otilib ketishi oqibatida gaz sizib chiqib, chaqnash sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hodisa oqibatida sex ishchilari — Shahrisabz shahrida yashovchi N.X. va D.Sh. ismli ayollar kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar