"Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko`ra Oliy sud veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e`lon qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini to`lash bo`yicha amaldagi imtiyozlar va davlat boji stavkalari qayta ko`rib chiqiladi.
2018 yil 1 avgustdan boshlab sud tizimi xodimlari lavozim maoshlari oshiriladi.
Farmonga asosan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, sud apparati hamda Sudlar faoliyatini ta`minlash departamenti xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etishni nazarda tutadigan takliflar kiritilishi nazarda tutilgan.






