AsosiyJamiyat

Toshkentdagi savdo majmualarida yong`in xavfsizligini ta`minlash choralari kuchaytirilmoqda

'Toshkentdagi savdo majmualarida yong`in xavfsizligini ta`minlash choralari kuchaytirilmoqda'ning rasmi

2018 yil 12 iyul kuni Yunusobod tumanida joylashgan "Cristal" supermarket binosida sodir bo`lgan yong`indan so`ng, poytaxt hududida joylashgan yirik savdo-ko`ngilochar majmualarida aholi xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan tadbirlar kuchaytirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ayni kunlarda poytaxtdagi yirik savdo-ko`ngilochar majmualarida yong`in xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar ko`rilayotganligi yuzasidan kompleks o`rganishlar o`tkazilmoqda.

O`rganishlarda asosiy e`tibor obektlarni yong`inni avtomatik ravishda sezish va ovozli xabar berish, shuningdek, tutunni haydab chiqarish qurilmalarining sozligiga, zaxira chiqish yo`llarining holatiga, yong`in vaqtida yo`nalishni ko`rsatuvchi belgilar va avariya yoritish tizimi mavjudligiga, birlamchi yong`in o`chirish vositalarining sozligiga, markazlar xodimlarining yong`in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo`lganda o`z vazifalarini qay darajada bilishlari o`rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.

Savdo-ko`ngilochar majmualari ishchi xizmatchilariga sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`inlarni bartaraf etish va insonlarni tezda evakuasiya qilishni tashkil etish bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O`z navbatida poytaxt hududida joylashgan yirik savdo-ko`ngilochar majmualarida yong`in xavfsizligi xizmati xodimlarining tun-u kun navbatchiligi tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar