1

Pokistonda parlament saylovlari arafasida portlash sodir etildi

Dunyo 17.07.2018, 06:58
Pokistonda parlament saylovlari arafasida portlash sodir etildi

Voqea Belujiston viloyatida ro`y berdi, deya xabar bermoqda TASS nashri.

Terrorchi-xudkush o`zini Mastung okrugida portlatgan. Voqea saylovchilar namoyishi o`tkazilayotgan joy yaqinida sodir etildi. Bu vaqtda hududda mingdan ortiq odam bo`lib, ularning 70 nafari fojia qurboniga aylandi. Bundan tashqari, 120 kishi jarohatlangan. Halok bo`lganlar orasida Belujiston xalq partiyasidan nomzod Navabzoda Siroj Raizoniy ham bo`lib, u saylovchilar bilan uchrashuv o`tkazayotgan edi.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni tolibonlar guruhi o`z zimmasiga olgan. Voqea joyida polisiya va xavfsizlik kuchlari naryadlari kuchaytirilgan. Pokiston markaziy saylov komissiyasi terakt sababli bu saylov okrugidagi saylovlarni ko`chirishga qaror qilgan.

Eslatib o`tamiz, bundan bir necha kun avval ham Pokistoning Banu shahar saylov uchastkalarida portlash sodir etilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1