1

Keniyada noyob qora karkidonlar halok bo`ldi

Dunyo 17.07.2018, 06:59
Keniyada noyob qora karkidonlar halok bo`ldi

Keniyada joylashgan Milliy bog`da noyob qora karkidonlar halok bo`ldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Tsavo Milliy bog`ida birdaniga 8 ta qora karkidon halok bo`ldi. Keniya yovvoyi tabiatni qo`riqlash xizmati darhol ushbu holat sababini o`rganishga kirishgan. Ma`lum bo`lishicha, o`tgan oyda Nayrobi shahridagi bog`dan bu erga 14 ta qora karkidon olib kelingan.

Jonivorlar yangi yashash joyidagi suvdan halok bo`lgani aniqlandi. Ular suvdagi katta miqdordagi tuzdan zaharlangan. Bu yo`qolib borayotgan kamyob tur bo`lib, so`nggi yillarda Keniyada qora karkidonlar qirilib bormoqda. Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayoni olib boriladi hamda jinoiy ish qo`zg`atiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1