1

Yaponiyadagi suv toshqinlari 210 kishini hayotdan olib ketdi

Dunyo 17.07.2018, 07:01
Yaponiyadagi suv toshqinlari 210 kishini hayotdan olib ketdi

Yaponiya bo`ylab davom etayotgan suv toshqinlari oqibatida halok bo`lganlar soni yana 10 taga ortdi, deb xabar bermoqda Autonews.ru nashri.

Tabiiy ofat jami 210 kishini hayotdan olib ketgan.

Mamlakatning janubi-g`arbida va markazda ro`y berayotgan toshqinlar natijasida 20 nafar inson bedarak yo`qolgani ta`kidlanmoqda. Shuningdek, yana 28 kishining qaerda ekani noma`lum. Biroq ular yo`qolganlar ro`yxatiga kiritilmagan.Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun polisiya, mudofa kuchlari va yong`in xizmatining 63 ming xodimi jalb qilingan.

Joylarda 80 ta vertolyot ish olib bormoqda. Harorat esa 35 darajagacha ko`tarildi. Bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, 2000 ga yaqin uy-joy suv ostida qolgan. 5000 dan ortiq aholi esa evakuvasiya qilindi. Bir necha yirik elektrostansiyalarda vayronagarchiliklar kuzatilmoqda. Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe Xirosima prefekturasiga borib, holat bilan tanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1